Yana 287 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga jo‘nab ketdi

© Agentstvo vneshney trudovoy migratsii UzbekistanaOcherednaya gruppa uzbekistansev otpravilis na zarabotki v Rossiyu
Ocherednaya gruppa uzbekistansev otpravilis na zarabotki v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun yana bir guruh o‘zbekistonliklar jo‘nab ketdi.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Navbatdagi 287 nafar O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada ishlash uchun uchib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Amur viloyatiga jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha qo‘shimcha izoh berildi

Xabarda yozilishicha, ular Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlashadi. Ilgari ushbu zavodda ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ular 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni 144 nafar, 12-avgust kuni 84 nafar fuqarolar aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0