TOShKENT, 30 avg — Sputnik. “Toshkent metropoliteni” UK Mustaqillik bayramiga yo‘lovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Jumladan, bayram kunlari, ya’ni 31-avgust hamda 1,2 sentabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji bo‘lgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent yer usti halqa metrosi birinchi bosqichi ishga tushgani xabar qilingan edi.