400dan ortiq nishlar: xitoylik ayol asalarilar galasi hujumidan so‘ng omon qoldi

Obuna bo‘lish
Shifokorlar ta’kidiga ko‘ra, asalarilar hujumiga duch kelingan vaqtda hotirjamlikni saqlash lozim, hasharotlardan qochish yaramaydi, aks holda ular yanada ko‘proq agressiyani namoyon etishlari mumkin

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. Xitoyda shifokorlar fermada mehnat qilgan ayol tanasidan 400dan ortiq asalari nishlarini chiqarib oldilar. Ma’lum bo‘lishicha, ayol asalarilar hujumiga duch kelgan, deb xabar bermoqda Ren TV Daily Mailga tayangan holda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ayol dala ishlari vaqtida jabrlangan. Yuz bergan hodisadan so‘ng, ayol charchoq, bosh og‘rig‘i va nafas olishining qiyinlashuvidan shikoyat qilgach, yaqinlari uni klinikaga olib borishga qaror qiladilar.

"Bemorni olib kelishganida, uning boshi, bo‘yni va yelkalari bir talay nishlar bilan qoplangan edi", – dedi jurnalistlarga tez yordam shifokori Ven Szanvu.

Ayni vaqtda ayol salomatligi barqaror, deya baholanmoqda.

Shifokorlar ta’kidiga ko‘ra, asalarilar hujumiga duch kelingan vaqtda hotirjamlikni saqlash lozim, hasharotlardan qochish yaramaydi, aks holda ular yanada ko‘proq agressiyani namoyon etishlari mumkin

Yangiliklar lentasi
0