TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Rossiyalik rus tili o‘qituvchilari O‘zbekistonga tashrif buyurib, mahalliy o‘qituvchilar malakasini sinovdan o‘tkazadilar. Bu haqda Rossiya rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari jamiyati saytida xabar berildi. Shu bilan birga o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning malakasini oshirishga yo‘naltirilgan treninglar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Xabarda aytilishicha, ular O‘zbekistonga 15-sentabrdan boshlab guruhlar tarkibida tashrif buyura boshlaydilar. Toshkentda ular 14 ta viloyat bo‘yicha guruhlarga taqsimlanadi va hududlarga yetib borgach o‘z ishlarini vazifalari doirasida boshlaydilar.
Rossiyalik mutaxassilar maqsadi O‘zbekistonda rus tili va rus tilida olib boriladigan umumta’lim fanlarini o‘qitilishi sifatini oshirish, rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari malakasini oshirish va ularning bilimlarini sinash. O‘zbekistonda ular ikki oy davomida ish olib boradilar.
Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda uy-joy va qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlanadilar.