TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Barnaulda joylashgan Strategik maqsadli raketa qo‘shinlari (RVSN) xizmatchisi davlatga xiyonat qilgani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti FXXga asosan.
"Barnaul shahrida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plab, Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasiga taqdim etib kelgan Strategik maqsadli raketa qo‘shinlari harbiy xizmatchisi hibsga olindi", - deyiladi RIA Novosti iqtibos qilgan xabarda.
Erkak qamoqqa olindi. "Davlatga xiyonat" moddasi 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.
Avvalroq Sputnik radiosi davlatga xiyonat ishi bo‘yicha hibsga olingan Safronov haqida uning hamkasbi aytib bergani haqida xabar bergan edi.