O‘zbekistonda koronavirus: 27-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishSotrudnik laboratorii
Sotrudnik laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 284 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 338 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Laboratoriya Sentra im. Gamalei - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada havoda COVIDni aniqlaydigan apparat yaratildi

Bir sutka davomida 284 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 338 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent shahrida hamda 18 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 554 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 37 116 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 92 foizga yetdi.

Ayni paytda 2 925 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak), Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. (erkak), Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli G‘.H. (erkak) hamda Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. (erkak) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 297 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Rossiyadan qaytgan fuqarolar

Maxsus poyezd reysi bilan mingga yaqin fuqaro Rossiyadan olib kelindi. Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, 23-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 927 nafar fuqaro bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Poyezd bugun Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.  

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaksinu ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi vaksinaning "foydasi yo‘qligiga" ishonmang - BSST

Belarus kompaniyasi yordami

Kuni kecha Belarus Respublikasining “BELPHARM” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga insonparvarlik yordami yetkazib berildi.

Gumanitar yuk tarkibida virusga qarshi preparat, virusli va o‘tkir respirator infeksiyalarda qo‘llaniladigan dori vositalari, antigipertenziv hamda bronxolitik preparatlar mavjud.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 24,2 milliondan oshdi, 825 ming kishi vafot etdi, 15,8 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,8 mln), Braziliyada (3,7 mln), Hindistonda (3,3 mln).

Yangiliklar lentasi
0