TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Kunduzgi muntazam va uzoq uyku o‘lim xavfini 19 foizga oshirishi mumkin. Bunday xulosaga Xitoyning Guanchjou tibbiyot universiteti olimlari kelishdi, tegishli tadqiqotni MedicalXpress chop etdi.
Mutaxassislar 313 651 kishi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi, ularning 39 foizi kun davomida uxlashni odat qilishgan, shuningdek 20 dan ortiq ilmiy maqolalar ma’lumotlarini umumlashtirdilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kun davomida muntazam ravishda bir soatdan oshiq uxlaydigan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 34 foizga va barcha sabablarga ko‘ra o‘lim xavfi 30 foizga oshgan.
Ta’kidlanishicha, xavf odatda kuniga olti soatdan ko‘proq vaqt egallagan kunduzgi uyqudadir. Biroq, olimlarning fikriga ko‘ra, har qanday davomiylikdagi kunduzgi uyku o‘lim xavfini 19% ga oshiradi. Shu bilan birga, ayollarda va keksa odamlarda uyqu va o‘lim xavfi o‘rtasidagi nisbat yanada yaqqolroq bo‘lib mos ravishda 22 va 17 foizni tashkil etadi.
Avvalroq Sputnik radiosi uyqu bo‘yicha shifokor (somnolog-tahr.) dam olish kunlari uxlab olishning eng yaxshi usuli haqida gapirib berganini ma’lum qilgan edi.