TOShKENT, 27 avg — Sputnik. 2020-yilning 28-29 avgust kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.