TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Vyetnamlik qariya Nguyen Van Chin qariyb 80-yildan beri sochini kestirmagan va hozirda sochlarining uzunligi besh metrga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 12 yoshidan beri sochini kestirmagan. Hozirda u 92 yoshda.
Qariya tug‘ilganidagi holat buzilmay qolishligi kerakligiga ishonchi komil. Qariyaning fikriga ko‘ra, uning uzoq umr ko‘rishi sochlariga bevosita bog‘liq.
"Agar sochlarimni olib tashlasam, men o‘laman. Men sochlarimda hech narsani o‘zgartirmay o‘z holicha qoldiraman, hatto taramayman ham", - dedi Chin.
Qariya sochlarini toza tutadi va ro‘mol bilan o‘rab olgan. Erkakning aytishicha, sochlarini o‘stirish uning asosiy vazifasi.
Vyetnamlik qariyaning kenja o‘g‘li, 62 yoshli Luom, uning sochlarini parvarishlashga yordam beradi. U otasining sochlari muqaddas va uni kesish mumkin emasligiga amin.