Kosmetika, hatto eng yaxshisi ham, haddan tashqari ishlatilsa teriga zarar yetkazishi mumkin. Dermatovenereolog-shifokor, kosmetolog Aleksey Yedemskiy Sputnik radiosiga bergan intervyusida teri nima sababdan intolerant (chidamsiz-tahr.) bo‘lib qolishini va uning oldini olish imkoni bor-yo‘qligini tushuntirib berdi.
Bugungi kunda pardoz kosmetikasi va terini parvarishlash vositalari juda katta miqdorda mavjud. Hammasini bo‘lmasa ham, katta qismini sinab ko‘rish niyati yo‘q emas. Ammo buni amalga oshirishga kerak emas, chunki oqibatlari juda jiddiy bo‘lishi mumkin. Zamonaviy o‘spirin qizlar kosmetikadan 12-13 yoshdan foydalanishni boshlaydilar. Yengil bo‘yanadi-da, so‘ngra yuzni faol ravishda tozalaydi. Sputnik radiosiga bergan intervyusida dermatovenerolog-shifokor, kosmetolog Aleksey Yedemskiy teriga nisbatan doimiy bu kabi agressiv munosabat oxir-oqibat uni intolerant bo‘lib qolishini tushuntirib berdi.
"Teriga qo‘llaniladigan kosmetika vositalarning bu kabi ko‘pligi intolerantlikning paydo bo‘lishiga olib keladi: terining kosmetikaga nisbatan chidamliligi yo‘qoladi, unga toqat qila olmay qoladi va odam foydalanadigan har qanday kosmetik vositaga reaksiya bera boshlaydi. Hatto terini shunchaki tozalashga ham. Bu jiddiy holat doimiy qizarish, qichishish, turli xil toshmalar bilan ifodalanadi", - dedi Aleksey Yedemskiy.
Intolerantlik bilan kurashish juda qiyin. Hatto kosmetikadan butunlay voz kechish ham terini bezovta qiluvchi moddalar bilan aloqa qilmasligini kafolatlamaydi. Ko‘p hollarda, faqat ba’zi alomatlarni yengillashtirishga erishish mumkin.
"Zamonaviy odam kun davomida ba’zi kosmetika vositalari bilan aloqa qilmasligining iloji yo‘q. Bundan tashqari, kosmetik vositalari tarkibidagi ko‘plab moddalar uy kimoviy vositalari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, odam oddiy uy kimoviy moddalari bilan aloqa qilib, shu tarzda ko‘p yillar davomida terining, organizmning ba’zi komponentlarga yuqori sezgirligini saqlab qoladi. Ko‘pincha mutaxassislar odamlarga faqat simptomatik yordam ko‘rsata olishadi", - dedi dermatovenerolog-shifokor, kosmetolog Aleksey Yedemskiy.