Pichoqlanib og‘ir ahvolda yotgan o‘smirning onasi prezidentga murojaat qildi

© Feruza Turdiyeva / FacebookSardor Kamilov i yego mat Feruza Turdiyeva
Sardor Kamilov i yego mat Feruza Turdiyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Feruza Turdiyeva, birinchi navbatda o‘g‘lining tuzalib ketishini va shu bilan birga jinoyatchilar munosib jazolanishini hamda kelajakda ana shunday jinoyatlar oldi olinishini istaydi.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Toshkentda o‘smirlar “razborkasi”da pichoqlangan bolaning onasi prezidentga murojaat qildi.

Sardor Kamilovning onasi Feruza Turdiyeva 24-avgust kuni Facebookdagi o‘z sahifasiga joylashtirgan videoda o‘g‘lining og‘ir ahvolidan zorlanib, prezidentdan o‘smirlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlarga e’tibor qaratishni, kerak bo‘lsa JKning taaluqli moddasiga o‘zgartirish kiritishni so‘ragan.

Xususan Feruza Turdiyeva O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 104 moddasining 1-bo‘limini qayta ko‘rib chiqish, voyaga yetmaganlar tomonidan og‘ir jinoyatlar sodir etishining oldini olishga e’tibor berishni so‘ragan.  

“Mana bu mening o‘g‘lim, 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan o‘smirlar “razborkasida” unga ikki marotaba pichoq urilgan.

Ushbu qonunni qayta ko‘rib chiqishda sizning aralashuvingizni o‘tinib so‘rayman. Chunki hozirgi kunda qonun toptalishi har qadamda sodir bo‘lmoqda. Agar hozir buni oldi olinmasa - mamlakatda terrorchi va retsidivistlar katta bo‘ladi. Yosh, voyaga yetmagan bolalar sog‘lom aqlda bo‘la turib o‘ta shafqatsiz jinoyatlar sodir etmoqda. Bu jinoyat o‘zini himoya qilish uchun sodir etilmadi. Bu shunchaki jinoyat. Unga orqasidan kelib pichoq urildi. Buni hatto erkakcha ish deb ham bo‘lmaydi.

Mening 17 yoshli o‘g‘lim Kamilov Sardor og‘ir ahvolda. Uning bitta bo‘yragi olib tashlangan. Men buni unga hali qanday aytishni ham bilmayapman. Biz qachongacha bunday jinoyatlarga chidab yuramiz?”, - deb o‘z murojaatini tugatgan Feruza Turdiyeva.

Mahalliy OAVlarda xabar berilishiga ko‘ra, voqea bunday bo‘lgan. Sardor Kamilov 11-avgust kuni ertalab o‘ziga tanish bo‘lgan qiz bilan "Milliy Bog‘”da yugurayotgan vaqtida notanish yosh yigit qiz bolani haqorat qiladi buning oqibatida u yigit va Sardor orasida nizo kelib chiqadi. Sardor unga kechkurun uchrashib gaplashib olishni taklif qiladi. Kechqurungi “razborka” vaqtida Sardorga boshqa yigit orqa tomondan kelib pichoq uradi.

Feruza Turdiyeva hozir birinchi navbatda o‘g‘lining tuzalib ketishini istaydi. Shu bilan birga yosh jinoyatchilar munosib jazolanishini hamda kelajakda bunday jinoyatlarni oldi olinishini istaydi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 3-4 yil ichida O‘zbekistonda o‘smirlar orasida pichoqlashish holatlari bir necha bor sodir bo‘ldi. Ularning bir nechasi OAVda keng yoritildi. Undan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzudagi xabarlar tez-tez paydo bo‘lib turibdi. 

Yangiliklar lentasi
0