TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Latviya, Minsk Ostrovesdagi Belarus atom elektr stansiyasini ishga tushirsa, elektr energiyasi bilan savdo qilishni to‘xtatish bilan tahdid qildi, dedi hukumat yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Krishyanis Karinsh.
"Ostrovesda Belarus AES ishga tushirilgan taqdirda, Latviya Belarus bilan elektr energiyasi bo‘yicha savdosini to‘xtatadi", - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Latviya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror Belarusning hozirgi ichki siyosiy vaziyatida yadroviy xavfsizlikka oid xavotirlarning kuchayishini hisobga olgan holda qabul qilindi.
Belarus AESning qurilishi Grodno viloyatidagi Ostrovesda amalga oshirilmoqda. AESga o‘rnatilgan ikkita VVER-1200 reaktorlarining quvvati 2400 MVt.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun RF Minskka shartnomani 90 foizini qoplaydigan kredit ajratdi, yana 10 foizini Belarus tomoni to‘laydi. Kredit miqdori 10 milliard dollarni tashkil etadi, kredit liniyasi esa 2035-yilgacha ochiq.
Avvalroq Sputnik radiosi Aleksandr Lukashenko RFning BelAES uchun krediti kelishuviga o‘zgartirishlarni ma’qullagani haqida xabar bergan edi.