TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfi haqida ogohlantirish berdi..
Qayd etilishicha, 2020 yilning 26-27 avgust kunlari respublikaning togʻ va togʻoldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
"Togʻ va togʻoldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!
Ehtiyot choralarini koʻrishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz", - deyiladi vazirlik maʼlumotida.
Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga koʻra, 26-27 avgust kunlari mamlakat hududida yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.