Jamiyat

Rossiya delegatsiyasi xotiralar avvaylab saqlanayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRukovoditel rossiyskoy delegatsii, polkovnik meditsinskoy slujbы Vladimir Lyutov
Rukovoditel rossiyskoy delegatsii, polkovnik meditsinskoy slujbы Vladimir Lyutov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Urush yillarida Samarqandga koʻchirilgan Leningrad harbiy-tibbiy akademiyasi haqidagi xotiralar haligacha saqlanib qolgani Rossiya delegatsiyasida taasurot qoldirdi.

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. "Forish" poligonida ArMI – xalqaro harbiy oʻyinlari doirasida harbiy-tibbiyot estafetasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya delegatsiyasi rahbari, tibiyot xizmati polkovnigi Vladimir Lyutov Oʻzbekistonlik hamkasabalariga iliq qabul hamda Samarqandga boʻlgan tarixiy ekskursiya uchun minnatdorlik bildirdi.

Rossiyalik harbiy shifokorlar “Forish” poligonida 2-marotaba boʻlib oʻtayotgan musobaqalar yuqori darajada oʻtkazilayotganini qayd etishdi.

“Rossiya Federatsiyasi nomidan tashkiliy masalalar boʻyicha hech qanday savollar yoʻq, faqat minnatdorlik soʻzlarini aytishimiz mumkin. Hammasi yuqori darjada tayyorlangan”, - dedi Vladimir Lyutov.

Shuningdek delegatsiya rahbari musobaqalar oldidan qadimiy Samarqandga uyushtirilgan ekskursiya uchun ham alohida minnatdorlik bildirdi.

“Biz oʻzimiz uchun juda qadrli (avliyo) boʻlgan joyga tashrif buyurdik – bu binoga Ulugʻ Vatan urushi yillarida 1941 yildan 1944 yilga qadar blokadada boʻlgan Leningraddan bizning Harbiy-tibbiy akademiyamiz koʻchirilgan edi. Mahalliy aholi evakuatsiya qilinganlar bilan oʻzlarining soʻnggi boʻlak nonlari, kiyimlari va barcha kerakli narsalari bilan boʻlishishgan. Samarqand harbiy gospitali xodimlari ham akademiyaning ushbu ogʻir yillari haqidagi xotiralarini avvaylab saqlab kelayotgan ekanlar. Binoda hali ham xotira taxtachasi saqlanib qolgan. Bunday tashriflar doimiy takrorlanib turadi degan umiddaman, axir bu bizning tariximizning umumiy boʻlagi-ku”, - dedi Lyutov.

Rossiya jamoasi rahbari aytishiga qaraganda, barja jamoalar puxta tayyorgarlik koʻrishgan va gʻalabaga erishishga qatʼiy qaror qilishgan. Demak har bir jamoa gʻalabaga erishish imkoni bor. “Biz ham sovrinli oʻrinni egallaymiz degan umiddaman”, dedi Rossiya delegatsiyasi rahbari.

Lyutovning soʻzlarini batafsil audiopodkastimizda tinglang.

Vladimir Lyutov ob organizatsii ArMI v Uzbekistane: spasibo za unikalnuyu ekskursiyu
Yangiliklar lentasi
0