Kolumnistlar

"Qoʻshinlarni toʻplashni tezlashtirmoqda": Norvegiyada nimalar sodir boʻlmoqda

© Foto : U.S. Navy / Lynn FriantSubmarina USS Florida VMS SSHA
Submarina USS Florida VMS SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Atom suv osti kemalari, radiolokatsiya stantsiyalari, keng koʻlamli mashqlar va razvedka missiyalari - NATO shimoliy Yevropada tobora faollashmoqda.

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik, Nikolay Protopopov. Atom suv osti kemalari, radiolokatsiya stantsiyalari, keng koʻlamli mashqlar va razvedka missiyalari - NATO shimoliy Yevropada tobora faollashmoqda. Rossiya TIVning fikriga koʻra, alyans Norvegiyani harbiy kontingenti bilan maqsadli ravishda toʻldirmoqda. Boshqa Yevropa mamlakatlarida singari, "Rossiya tahdidi" degan bahona bilan. Skandinaviya qirolligi ittifoq uchun navbatdagi Polshaga aylanadimi - bu haqda RIA Novosti materialida.

Jenщina idet vdol stenы zdaniya bыvshego posolstva SSHA v Tegerane - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Eronga qarshi sanktsiyalar: AQSH fikri. Notoʻgʻri fikri

Nosogʻlom faollik

NATO Norvegiyada oʻzining harbiy ishtirokini kuchaytirish zarurati haqidagi soʻzlardan harakatga oʻtmoqda. Barents va Norvegiya dengizlarida Norvegiya flotini jalb qilgan holda alyans kemalarining mashqlari sezilarli darajada oshdi.

Hududda blok razvedka missiyalarining koʻlami kengaymoqda - Arktikada Rossiya chegaralari yaqinida Norvegiya harbiy-dengiz kuchlarining razvedka kemalari ishlamoqda, Norvegiya bazalaridan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Poseidon samolyotlari patrullik  qilish uchun uchmoqda. Oslo va Vashington mamlakatda dengiz quruqlikdagi qoʻshinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi kelishuvni uzaytirdi va ularning sonini ikki baravarga oshirdi.

2018 yilda Norvegiyada NATOning yirik Trident Juncture harbiy mashqlari oʻtkazildi.

Ellik mingga yaqin harbiy xizmatchi shartli raqib tomonidan hujum qilinganda kollektiv mudofaa mashqlarini bajardilar. Manevr maydonchasida alyans ni oʻz ichiga olgan 65 ta harbiy kemasi, ular orasida sovuq urushdan beri ilk marta Norvegiya dengiziga kirgan AQShning “Garri Truman” samolyot tashuvchi kemasi jalb etildi.

Rossiya chegarasi oldida keskinlikni koʻpaytirish Nima uchun AQSH harbiylarni Polshaga joʻnatmoqda?  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Nima uchun AQSH harbiylarni Polshaga joʻnatmoqda?

NATO Shimoliy Norvegiyada “Globus-3” raketa hujumi haqida ogohlantiruvchi radiolokatsiya stantsiya tizimini qurmoqda. Rossiyadan atigi bir necha oʻn kilometr narida joylashgan Vardyo orolida qurilish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Yangi RLS yordamida NATOchilar Rossiyaning raketa qurollarining sinovlarini koʻrishlari, Shimoliy flot kemalarining harakatini va "shartli raqib"ning ichki hududini kuzatishi mumkin. Shuningdek, Bardufoss, Evenes, Banak, Erlan va Ryugge harbiy aerodromlari modernizatsiya qilinmoqda, Grotsund port terminali Amerika atom suv osti kemalarini qabul qilish uchun aylantirilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bir necha bor NATOning shimoliy Yevropadagi harakatlari Arktikani harbiylashtirishga hissa qoʻshayotganini taʼkidlagan. Alyans aviatsiyasining razvedka parvozlari ayniqsa tashvish uygʻotmoqda. Mudofaa vazirligining Amerika razvedka samolyotlari chegara yaqinida paydo boʻlishi haqida xabarlar odatiy holga aylanib qoldi. Har safar Harbiy-kosmik kuchlari qiruvchi samolyotlarni havoga koʻtarib, tom maʼnoda ularni ichki havo maydonidan haydab chiqarishiga toʻgʻri kelmoqda.

Xususan, bir hafta oldin MiG-31 chegaradan xavfli masofada “Poseidon” samolyotini toʻxtatib qoldi. 4 avgust kuni esa Barents dengizi ustida Norvegiya Falcon 20 razvedka  va elektron kurash samolyotini havo hududini nazorat qiluvchi vositalari payqab qolib, HKKga qarashli qiruvchi yordamida ortga qaytarildi.

NATOning shimoliy harbiy operatsiyaga tayyorgarlik koʻriladigan maydoni

Harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov RIA Novosti’ga bergan intervyusida Oslo oʻzini NATO tadbirlaridan uzoqlashtirishga urinayotgan boʻlsa-da, buni amalga oshirish tobora qiyinlashib borayotganini taʼkidladi.

"Mamlakat rahbariyatida oʻzgarish boʻlgan taqdirda har qanday narsa yuz berishi mumkin, shu jumladan Amerika harbiy bazalarining paydo boʻlishi", - deydi ekspert. "Norvegiya allaqachon Amerikaning harbiy kontingentini mashqlar uchun joylashtirdi va oʻz bazalarida AQSH suv osti kemalarini qabul qilmoqda. Harbiylashtirish kursi boʻlishi aniq. Vaziyat qanday oʻzgarishi - nomaʼlum. Harbiy va siyosiy tanglik kuchaygani sayin Oslo Vashingtonning bosimi ostida qolishi aniq. Arktika uchun kutilayotgan keskin janglar fonida norvegiyaliklar amerikaliklarga juda katta umid qilishmoqda".

Rossiyskiy Su 30SM perexvatil samoletы razvedchiki - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiyaning Su-30SM qiruvchisi NATO razvedka-samolyotlarini toʻxtatib qoldi

Vaziyatning sunʼiy ravishda keskinlashtirish va tashqi dushmanni qidirish haqidagi Norvegiya tashqi razvedkasi rahbari Morten Xaga Lundening bayonoti dalolat bermoqda, u Rossiya va Xitoyni qirollik uchun asosiy xavf deb hisoblaydi.

Rossiyaning uzoq masofaga moʻljallangan yangi raketalari alohida tashvish uygʻotmoqda. Norvegiyalik Kol yarim oroli va Barents dengizining shimoliy qismidagi harbiy bazalarni mustahkamlash, Shimoliy flotning mashqlari va ilgʻor qurol-yarogʻ tizimlarini dalil qilib koʻrsatdi. Uning fikricha, tahdid shuningdek “Sarmat” qitʼalararo, “Avangard” va “Kinjal” gipertovushli raketa tizimlaridan kelmoqda.

Aholi "rus tahdidi", jumladan teleekranlar orqali qoʻrqitilmoqda, deydi “Valday” tahliliy klubining harbiy eksperti Artem Kureyev.

"Norvegiya siyosiy isteblishmenti Rossiyani xavfli qoʻshni, haqiqiy potentsial raqib sifatida koʻrishga moyildir." Mahalliy serialning ikki mavsumi YEI tomonidan Rossiyani gap-soʻzsiz qoʻllab quvatlanishi bilan mamlakatni “bosib olinishi”ga bagʻishlanishi – bu ham namuna boʻla oladi".

Sovuq urush tugaganidan keyin shimoliy monarxiya Rus Shimolida ancha mustaqil siyosat olib borgan, deya eslatdi Kureyev. Shunday qilib, Norvegiya maxsus xizmatlari Shimoliy flotning holatini diqqat bilan kuzatib bordi va hatto "pomor kartasi" rolini oʻynashga harakat qilgan va "Rossiya imperializmidan" aziyat chekkan alohida "pomor subetnos" deb eʼlon qilgan hududning kichik xalqlarining separatizmini qoʻllab-quvvatladi.

Ikki stulda oʻtirib olmoq

Taʼkidlash joizki, Norvegiya Shimoliy Atlantika alyansi tashkil etilishini boshida turgan va blokka 1949 yilda qoʻshilgan, ammo tarixan Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarini ortiqcha keskinlashtirmaslik uchun juda ehtiyotkorona pozitsiyani egallashga harakat qilgan. Shunday qilib, Oslo tinchlik davrida chet el harbiy bazalarini qurishdan bosh tortdi va mamlakatda atom quroli va oʻrta masofaga moʻljallangan raketalarni joylashtirishni ham rad etdi. Alohida kelishuvga binoan, faqat bir necha yuzlab Amerika dengiz piyoda askarlari Norvegiyada joylashdilar.

NATO va Yevropa ittifoqining sevimli loyihasi qanday barbod boʻlmoqda - Rail Baltica - Sputnik Oʻzbekiston
Video
NATO va Yevropa ittifoqining sevimli Rail Baltica loyihasi qanday barbod boʻlmoqda

Ammo, oʻzining jugʻrofiy joylashuvi tufayli ushbu skandinaviya davlati doim NATO uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan. Darhaqiqat, yaqin atrofda - sovet, keyinchalik Rossiya suv osti kemalari Atlantika okeaniga chiqishi mumkin boʻlgan yagona yoʻl hisoblanadi. Bundan tashqari, Norvegiya  - NADGE (NATO Air Defence Ground Environment alyansning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining asosiy elementi. Bu yerdan butun Yevropadan Turkiyagacha choʻzilgan radiolokatsiya stantsiyalarining toʻsigʻi boshlangan.

"Norvegiyani nazorat qilish NATOga urush boʻlsa Atlantika okeaniga Sovet atom suv osti kemalari kelishini oldini olish yoki minimallashtirishga imkon berar edi", - deydi Kureyev. "Shu bilan birga, Oslo oʻz hududiga alyans va AQShning bazalarini joylashtirmasdan, Moskvani NATOning tinch va mudofaa xususiyatiga ega ekanligiga ishontirishga harakat qildi. Biroq, bu viking avlodlariga oʻz hududida alyansning keng koʻlamli harbiy oʻquv mashqlarni qabul qilish va radiolokatsiya stantsiyalarini oʻrnatishga hech qachon xalaqit bermadi".

AQSH va Yevropaning raketalar boʻyicha til biriktirishi: nemis jurnalistlarining taxmini - Sputnik Oʻzbekiston
Video
NATO davlatlari yadroviy urushga tayyorgarlik koʻrmoqdami?

Fordlar mamlakati uzoq vaqtdan beri Shimoliy Atlantikada patrullik qiladigan AQShning atom suv osti kemalari uchun xavfsiz boshpana boʻlib xizmat qilmoqda, - bu yerda NATOning AWACS "uchar radarlari" va razvedka samolyotlari uchun aerodromlar jihozlangan.

NATO texnikasini qabul qilish uchun aviabazalar, agar zarur boʻlsa, ittifoqchi kuchlarni joylashtirish uchun tayyor infratuzilma va koʻpdab ogʻir qurollarni joylashtirish uchun omborlar mavjud.

"Biroq, Norvegiya ikkinchi Polshaga aylanadi, deb boʻlmaydi - Osloning oʻz mudofaa doktrinasi mavjud", - deb taʼkidlaydi ekspert. Aholi amerikalik askarlarning mamlakatda joylashtirilganligini salbiy qabul qilishi mumkin, bu yerda hatto eng qoʻrqitadigan seriallar yordam bermaydi. Elektorat buni oʻz-oʻzini himoya qila olmaslik sifatida baholaydi, bu esa hokimiyat foydasiga emas.

Shunga qaramay, RIA Novosti tomonidan soʻralgan koʻplab tahlilchilar kelasi yillarda amerikaliklar Skandinaviyaning shimoliga tez-tez tashrif buyurishlariga ishonishadi, va bu tinch maqsadlarda boʻlmaydi.

Yangiliklar lentasi
0