TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda 7 oyda eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi.
Oʻzbekistonda 7 oyda jami 44 901 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 149,7 % oʻsish surʼatiga ega boʻldi.
Iyul oyida 7219 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 338 taga kam.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-iyul oylarida 44 901 dona “Cobalt” (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 149,7 %), 41 663 dona “Nexia T-250” (96,6 %), 30 368 dona “Lacetti-Gentra” (124,5 %), 30 889 dona “Damas” (111,7 %), 16 370 dona “Spark” (138,9 %) hamda 4 520 dona “Labo“ (101,9 %) avtomobillari ishlab chiqarildi.