O‘zbekistonda koronavirus: 24-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishMoskvichi s 16-iyulya mogut besplatno sdat test na COVID-19
Moskvichi s 16-iyulya mogut besplatno sdat test na COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 210 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 156 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Rabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Rospotrebnadzor mutaxassislari tashrif buyurishdi

Bir sutka davomida 210 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 156  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 81 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 296 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 35 283 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 90 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 596 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. (erkak), O‘rtachirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak), Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol) vafot etdi.

Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand 1-sonli tug‘ruq majmuasi bosh vrachi vafot etdi

O‘zbekistonda jami 277 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Rospotrebnadzor xodimlari Toshkentda ish boshladi

COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida Rossiyadan O‘zbekistonga yetti nafar mutaxassis - Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo‘yicha Federal xizmati epidemiologlari, virusologlari va infeksionistlari tashrif buyurishdi. Rospotrebnadzor xodimlari ikki hafta davomida Sanitariya-epidemiologik farovonlik Agentligi va unga qarashli tashkilotlarda maslahat ko‘magini ko‘rsatadilar.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 23,4 milliondan oshdi, 809 ming kishi vafot etdi, 15,1 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,7 mln), Braziliyada (3,6 mln), Hindistonda (3,1 mln).

Yangiliklar lentasi
0