Xorijlik haydovchilar jarimalarni to‘lab keyin chiqariladi

© Sputnik / Museo dell'Automobile di TorinoSemnadsat konfiskovannix avtomobiley peredani v Avtomobilniy muzey Turina
Semnadsat konfiskovannix avtomobiley peredani v Avtomobilniy muzey Turina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritildi: Respublika hududi orqali o‘z avtotransportida harakatlangan xorijiy fuqarolar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lab keyin chiqariladi.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekiston qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi chet el fuqarolari respublikadan o‘z shaxsiy avtomobillarida chiqib ketishidan oldin yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lashlari shart bo‘ladi. Bu haqda RFning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi xabar berdi.

Tegishli jarimalar bojxona organlari tomonidan O‘zR IIVdan olingan ma’lumotlar asosida undiriladi. Bu to‘lovlarni bank kassalari, elektron to‘lov tizimlari yoki chegara bojxona postidagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari orqali to‘lash mumkin.

Jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi 60 kungacha muddatga ushlab qolinadi. Agar shu vaqt ichida qarzdorlik to‘lanmasa, sud qarori bilan qarz undiruvi avtomobil hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0