Harbiy olimpiada: Armiya o‘yinlari va texnik forum o‘z ishini boshladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaPodgotovka uzbekskix voyennix k ArMI 2020
Podgotovka uzbekskix voyennix k ArMI 2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Patriot" kongress-ko‘rgazma markazi, Kubinka aerodromi va “Alabino” poligonida yaqin haftalar davomida juda qaynoq bo‘ladi: bir vaqtning o‘zida ikkita xalqaro harbiy tadbir bo‘lib o‘tadi.

Odatda Xalqaro Armiya O‘yinlari va “Armiya” harbiy-texnik forumi, turli vaqtlarda bo‘lib o‘tardi, ammo pandemiya tufayli yoki, ehtimol, mehmonlar va ishtirokchilar qulayligi uchun, bu yil ikkala tadbir bir vaqtning o‘zida o‘tkazilmoqda. Faqatgina Forum 29-avgustda, O‘yinlar esa 5-sentabrda yakunlanadi.

Armi-2020: Jerebyevka voyenno-sanitarnix slujb v poligone Forij - Sputnik O‘zbekiston
ArMI – 2020 kundaligi: O‘zbekiston tankchilari Alabino poligonida

Birinchi kundanoq Podmoskovyega 92 ta xorijiy delegatsiyalar yetib keldi, 18 davlat Rossiyaga mudofaa vazirlari va o‘rinbosarlarini yuborishdi. Barcha ishtirokchi davlatlarning bayroqlari “Patriot” bog‘ining asosiy sahnasi oldidan O‘yinlar va Forumning rasmiy ochilishidan oldin tantanali ravishda olib o‘tildi.

Shoygu: ikkinchisidan boshlab barcha o‘rinlar sizlarniki

"Bu yil ushbu keng ko‘lamli tadbirlar bir vaqtning o‘zida boshlanmoqda, va men ishonamanki, bunday uyg‘unlashuvdan ularning an’anaviy tomoshabop va boy dasturlari faqatgina foyda oladi", - deb murojaat yo‘lladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin forum ishtirokchilariga.

Uning murojaati “Patriot” bog‘i asosiy sahnasining ikki tomonidagi katta ekranlarda namoyish etildi. Uning nutqidan so‘ng esa sahnaga darhol Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ko‘tarilishdi.

"Ishonchim komil, Armiya o‘yinlari qatnashchilari va muxlislarini yorqin va ajoyib bayram kutadi, forum esa ijodiyot, ilg‘or g‘oyalar uchun foydali shartnomalar va yangi biznes loyihalarini yaratish, eng muhimi - harbiy-texnik sohada muloqot va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun noyob maydoncha mavqeyini tasdiqlaydi", - dedi Mixail Mishustin.

Sergey Shoygu xorijiy delegatsiyalarga "ushbu og‘ir paytda nafaqat Rossiya qurolsozlarining yutuqlari bilan tanishish uchun, balki bizning mudofaa sanoatimiz kundalik hayotni yanada yaxshilash, osonlashtirish, samaraliroq qilish uchun barcha narsaga tayyorligini ko‘rishga fursat topganliklari uchun minnatdorchilik" bildirdi.

Rossiya Mudofaa vaziri “Armiya” harbiy-texnik forumi "dunyodagi eng katta qurol va harbiy texnika forumiga" aylanganini ta’kidladi. Forum va O‘yinlarni boshlashdan oldin, u musobaqaga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi, lekin shu bilan birga - "ikkinchisidan boshlab barcha o‘rinlar sizniki", deb hazillashib qo‘ydi.

O‘zimiznikilarga muxlislik qilish...

Shunday keyin rasmiy tadbirlar Alabino poligoniga o‘tdi, bu yerga dunyoning turli mamlakatlarining yuqori qo‘mondonligi va mudofaa vazirlari, shuningdek, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin “Patriot”dan ko‘chib o‘tdilar. Alabinoda tomoshabinlar uchun "Striji", "Russkie vitazi", "Berkuti" yuqori pilotaj aviaguruhlari va 16 mamlakatning tank brigadalari ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar. Ular orasida Abxaziya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Janubiy Osetiyadan kelgan harbiylar bor edi.

Pobediteli Tankovogo biatlona ArMI-2019 (vtoroy divizion) sbornaya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Eng kuchlilar orasida: O‘zbekiston tankchilariga kim raqiblik qiladi?

Tankchilar o‘yinlar mehmonlariga uchuvchilardan qolishmay tomoshalar uyushtirdilar: ular tankning shaklini tankning stvoli bilan chizib chiqishdi, tankning stvoliga o‘rnatilgan suv grafini bilan aylandilar, mixlarni yog‘och ponaga mixladilar ... Tank biatloni musobaqasi boshlanishidan oldin esa ular G‘alabaning 75-yilligini unutmagan holda, to‘rtta T-34 tanklarida tomosha namoyish etdilar.

"Kantemiroves", "Dmitriy Donskoy", "Osvoboditel" va "Istrebitel" nomli tanklar deyarli to‘rt mamlakat: Belarus, Ozarbayjon, Xitoy va Serbiyaning jamoalari tomonidan o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan masofani bosib o‘tdilar. Bu musobaqaning birinchi (eng kuchli) divizionining birinchi yurishi edi. Unda an’anaviy ravishda o‘z tankida kelgan Xitoy jamoasi g‘olib bo‘ldi (vaqt 19:20). Ikkinchi o‘rinni Belarus jamoasi (21:57), uchinchi o‘rinni Ozarbayjon (22:31), to‘rtinchi o‘rinni Serbiya (29:59) egalladi.

"Tank biatlonining" birinchi kunining oxirida RF Qurolli kuchlari jangovar tayyorgarlik Bosh boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Ivan Buvalsevning ta’kidlashicha, Armiya o‘yinlari Rossiyaning turli okruglarida va beshta turli mamlakatlarda (32 davlatdan jami 158 ta jamoa) o‘tkazilmoqda, ammo shaxsan uning o‘zi uchun tankchilarning chiqishlari eng qiziqarli musobaqadir.

"Oldinda yana ikki hafta davom etadigan qiziqarli kurash kutapti va barchangizni ishtirok etishda davom etishni, o‘zimizning yoki boshqa jamoalarni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilaman. Va bu qiyin kurashda ularga omad tilashni ham", -dedi Ivan Buvalsev.

Birinchi kun kechqurun RF Qurolli Kuchlari Bosh cherkovi va "Xotira yo‘li" muzey majmuasini yaratish va qurishda ishtirok etganlarning barchasiga bag‘ishlangan katta konsert bilan yakunlandi.

Yangiliklar lentasi
0