Havo sharlari: Belarus Litvani havo hududini buzishda aybladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishUdarniy vertolet MI-24
Udarniy vertolet MI-24 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus Mudofaa vazirligi Litva tomonidan mamlakat havo hududini buzishga qaratilgan provokatsiyani oldini oldi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Belarus Mudofaa vazirligi Litva tomonidan mamlakat havo hududini buzishga qaratilgan "provokatsiya"ni oldini oldi. Bu haqda  Belarus Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Srochno! Lukashenko v BRONEJILETE i s ORUJIYeM priletel vo Dvores Nezavisimosti v Minske! - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko o‘z qarorgohiga qo‘lida avtomat bilan vertolotda uchib keldi - video

Mudofaa vazirligi o‘tgan yakshanba kuni Belarusning havo hududini buzishga urinish yuz bergani haqida ma’lumot berdi.

"Taxminan soat 19.30 larda havo kuchlari va havo mudofaasi kuchlari tomonidan Litva Respublikasidan Oshman viloyatining Volkovshina aholi punktida provokatsiyani oldi olindi. Qo‘shni hududdan davlatga qarshi ramzlarga ega bo‘lgan 8ta shardan iborat zond uchirildi", - deyilgan xabarda.

Havo hujumiga qarshi MI-24 vertolotlari ekipajlari tomonidan qurol ishlatmasdan sharlarning parvozini to‘xtatdi.

Belarus Mudofaa vazirligi holat yuzasidan tegishli materiallarni tayyorladi va ularni mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga yubordi. Litvaga tegishli nota tayyorlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0