Toshkentda 14kg oltin qo‘lga olindi

© SGBSamodelnie zolotie slitki
Samodelnie zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi "Sharq" postida andijonlik fuqaro avtomobilidan qo‘lbola uslubda tayyorlangan 14 kilogrammdan ortiq oltin yombilarini musodara qilindi.

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati va Toshkent shahar Iqtisodiy jinoyatlarga kurash departamenti hamkorlikda noqonuniy oltin aylanmasining oldini oldi.

Toshkent shahridagi “Sharq” yo‘l patrul xizmati maskanida “Kobalt” rusumli avtomashina tekshirilganda, uning ichidan umumiy og‘irligi 14,238 kg.  bo‘lgan 16ta oltin quymalari topilgan. Avtomobil 1975-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.Nuriddinov boshqaruvida bo‘lgan.

Aniqlanishicha, ushbu oltin quymalarini fuqaro Nuriddinov Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uyida qonunga xilof ravishda qo‘lbola usulda tayyorlagan bo‘lib, keyinchalik ularni Andijon va Namangan viloyatlariga olib borib, sotishni rejalashtirgan.   

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, oltinni quyma shaklga va yuqori asillik darajasiga keltirib oldi-sotdi qilish taqiqlangan bo‘lib, ushbu harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, ushbu oltin quymalarning kelib chiqish manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0