Prezident Buxoro aeroportida majlis o‘tkazib Toshkentga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v mejdunarodnom aeroportu Buxari provel soveshanie s uchastiyem otvetstvennix rukovoditeley
Prezident Shavkat Mirziyoyev v mejdunarodnom aeroportu Buxari provel soveshanie s uchastiyem otvetstvennix rukovoditeley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Buxoroda mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini eshitdi va kerakli topshiriqlarni berib Toshkentga jo‘nab ketdi.

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroporti binosida mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Majlisda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, pandemiya iqtisodiyot tarmoqlarini tiklash masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident posetil mogilu Karima Kamalova - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi

Xususan, pandemiya davrida viloyatda xorijdan qaytib kelgan 8 ming fuqarodan 7 ming nafari ish bilan ta’minlangani qayd etildi. 

Shuningdek, 2020-yilda viloyati bo‘yicha 571ta investitsion va eksport loyihalarni amalga oshirilish va bu bilan 14 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgani ham aytib o‘tildi. Yil yakuni bo‘yicha eksport hajmi 184 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Shu bilan birga Buxoro viloyat markazining o‘zida 700 ta qurilish obyekti barpo etilayotgani ham e’tiborga loyiq, deyilgan xabarda. 

Yig‘ilishda asosiy maqsad – Buxoroda boshlangan keng miqyosli islohotlarni jadal davom ettirish hamda ularni o‘z vaqtida va samarali bajarish borasida qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0