TOShKENT, 23 avg — Sputnik. 23-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 698 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 34 576 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 89 foizga yetdi.
Ayni paytda 3853 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.Ulardan 259 nafari og‘ir, 116 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor - Furqat tumanida yashagan 74 yoshli N.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 269 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.