TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Bugun, 22-avgust kuni, o‘zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullayevni O‘zbekistonga topshirdi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Abdullayev jurnalistlik faoliyati bilan shug‘ullangan. U sal oldin O‘zbekiston tomoni so‘roviga asosan hibsga olingan edi. Jurnalist mamlakat manfaatlariga qarshi og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
10 avgust kuni Bishkek Pervomaysk sudi Bobomurod Abdullayevga nisbatan MXDQ SIZOsiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan.
"22 avgust kuni Abdullayev O‘zbekiston tomoniga topshirildi. Bu sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida chet el fuqarolarini topshirish jarayonini tartibga soluvchi QR qonunchiligi normalari va davlatlararo bitimlarga mos ravishda amalga oshirildi", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, so‘rov yuborgan tomonga Abdullayevga himoya uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etish to‘g‘risidagi kafolatlar taqdim etilgan. Gap advokatlar yordami, qiynoqlarni qo‘llamaslik, shafqatsiz va insoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan munosabat, shuningdek, zarurat tug‘ilganida, tegishli tibbiy yordamni taqdim etish kafolatlari haqida bormoqda.