O‘zbekiston yo‘lovchi tashishni tiklamoqchi - Rossiya Temir yo‘llari

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tomonining Rossiya bilan temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashishni tiklash haqidagi so‘rovi yaqin vaqt ichida Transport vazirligida ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik.  O‘zbekiston temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashishni qayta tiklamoqchi, deb xabar qilmoqda Rossiya Temir yo‘llari (RTY), RIA Novosti xabariga asosan. 

RTY bosh direktori Oleg Belozerov aytishiga qaraganda, O‘zbekiston tomoni yaqin vaqt ichida temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashishni qayta tiklamoqchi ekanini  Rossiya transport vazirligiga xabar bergan.  

"Biz o‘zbekistonlik hamkasabalarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib turibmiz. Birinchi navbatda fuqarolarni olib chiqish masalasini hal qilmoqdamiz. Doimiy yo‘lovchi tashishni yo‘lga qo‘yish borasida esa - biz Rossiya transport vazirligini O‘zbekiston tomonining istagini yetkazdik va yaqin orada ushbu masala ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi", - dedi RTY bosh direktori.  

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston orasida xalqaro poyezdlar harakati koronavirus pandemiyasi tufayli 16-martda to‘xtatilgan edi. Foydalanilmagan chiptalarni qo‘shimcha to‘lovlarsiz qaytarish mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0