O‘zbekistonda koronavirus: 21-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRabota GKB № 15 im O. M. Filatova
Rabota GKB № 15 im O. M. Filatova  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 253 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 946 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Rospotrebnadzor mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyuradi - Zaxarova

Bir sutka davomida 253 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 946  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 367 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 33 809 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 89 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 879 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) hamda 44 yoshli R.A. (erkak), Yashnobod tumanida yashagan 74 yoshli O.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 59 yoshli G.M. (ayol vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 258 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Bog‘chalar qay tartibda ishlaydi

"COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar" Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ro‘yxatga olindi. Hujjat COVID-19 infeksiyasi tarqalish xavfi bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning ish faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

Vstupitelnie ekzameni v Tashkentskiy filial MISiS - Sputnik O‘zbekiston
Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar "MISiS"dan boshlandi

Rospotrebnadzor mutaxassislarining tashrifi

Rospotrebnadzorning bir guruh mutaxassislari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning tashkiliy choralari bo‘yicha maslahat berish uchun yaqin orada O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar qildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 22,7 milliondan oshdi, 793 ming kishi vafot etdi, 14,5 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,6 mln), Braziliyada (3,5 mln), Hindistonda (2,9 mln).

Yangiliklar lentasi
0