TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Kelib chiqishi ozarbayjonlik bo‘lgan xonanda Baxtiyar Aliyev (Bahh Tee) ikkinchi marta uylandi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.
Bahh Tee Instagram sahifasida hayotining baxtli kuni haqida videorolik joylashtirdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Xonanda Moskvadagi eng qimmat restoranlardan birida to‘y qildi.
To‘y marosimda uning ozarbayjonlik hamkasblari – Elman Zeynalov, HammAli & Navai guruhi va Jaxid Guseynli ishtirok etdi.
To‘y milliy an’analariga mos ravishda o‘tdi - Bahh Teening do‘stlari va hamkasblari Ozarbayjon sho‘x qo‘shiqlariga raqsga tushishdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Bahh Tee ikkinchi turmush o‘rtog‘i haqida ma’lumotlarni ochiqlamadi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning qallig‘i Shveysariyada tahsil olgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Xonanda 9 yoshida ilk she’rlarini yozishni boshladi, keyinchalik ozarbayjon, turk va rus tilida qo‘shiqlarni kuyladi.
2016 yilda Baxtiyar Aliyev bloger Fargana Gasanova bilan turmush qurgandi, biroq ular 2019-yil oktabrda ajrashishdi.