Jizzaxda 2022-yilda "marmargo‘sht" yetishtirila boshlanadi

© Wikipedia / SchellackMramornaya govadina
Mramornaya govadina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax Organic mahalliy fermerlarga zotdor g‘unajinlarni sotib 8 oydan so‘ng ularning buzoqchalarni qayta sotib olish dasturini ishga tushiradi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Ushbu yilning kuzida Jizzax Organic qishloq xo‘jalik klasteriga Rossiya va AQShdan 5 ming bosh zotdor qoramol olib kelinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

O‘zbekistonda marmargo‘sht (mramornoe maso) yetishtirish angus va gerford zotlariga mansub - g‘unajinlar olib kelishdan boshlanadi. Jizzaxdagi chorvachilik klasteri Respublikada birinchi to‘liq jarayonli ishlab chiqarish majmuasiga aylanadi. 

© Wikipedia / Orlando G. CalvoMarmargo‘sht yoki Kobe go‘shti
Jizzaxda 2022-yilda marmargo‘sht  yetishtirila boshlanadi  - Sputnik O‘zbekiston
Marmargo‘sht yoki Kobe go‘shti

Ushbu loyiha bo‘yicha investitsiyalarning to‘liq miqdori 55 million dollarni tashkil qiladi. Ulardan 18 millioni zotdor urg‘ochilar sotib olishga xarajat qilinadi. 

2020 yilning oktabr oyiga qadar Jizzax Organic g‘unajinlar qishga turar joyi uchun ikkita va ho‘kizchalar uchun ikkita oziqlantirish maydonchalari (fidlot) qurib bitkazadi. U yerda jonivorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘ladi: artezian quduqlari, avtomatik oziqlantirish tizimlari, shamol  va quyoshdan himoya tizimlari va boshqa ko‘plab sharoitlar. 

Fidlot 20 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan bo‘lib, uni to‘liq ishga tushirish uchun Jizzax Organic mahalliy fermerlar uchun maxsus dasturlarni ishga tushiradi.

Fermer xo‘jaliklari bizdan zotdor g‘unajinlarni sotib olib 8 oy davomida ularning bolalashini ta’minlashi va buzoqchalarni bizning klasterimizga sotishlari mumkin bo‘ladi. Biz ularni maxsu texnologiya bo‘yicha oziqlantiramiz, deydi Jizzax Organic direktori Xikmatilla Karimov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir necha yildan ber go‘t tanqisligi va qimmatligi muammosi muhokama qilib kelinmoqda. Xususan, mutaxassislar respublikada qoramol etishtirish tizimi zamon talablariga javob bermaydigan, samarasiz darajada deb topishgan. Shu sababli yetishtirilayotgan qoramol zotini yaxshilash, ulardan olinadigan go‘sht miqdorini oshirish - muhim vazifa sifatida belgilangan.  

Ayni damda O‘zbekistonda yetishtirilayotgan mol go‘shtining 94 %, kichik qoramol go‘shtining 84% va parranda go‘shtining 58% - uy xo‘jaliklarida yetishtiriladi. ular orasida zotdor mollar miqdori - 34 % xolos. 

Yangiliklar lentasi
0