Sportchilar Lukashenkoga terma jamoa uchun o‘ynashni rad etish bilan tahdid qildi

© REUTERS / Vasily FedosenkoDevushka na fone gosudarstvennix flagov Belarusi
Devushka na fone gosudarstvennix flagov Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belaruslik bir qator sportchilar prezident Aleksandr Lukashenkoga ochiq xat yo‘llab, unda ularning bir qator talablari bajarilmasa, terma jamoada o‘ynashni to‘xtatishi bilan tahdid qilishdi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Belaruslik bir qator sportchilar va sport sohasi xodimlari prezident Aleksandr Lukashenkoga ochiq xat yo‘llab, unda ularning bir qator talablari bajarilmasa, terma jamoada o‘ynashni to‘xtatishi bilan tahdid qilishdi.

Prezentatsiya knigi M. Gorbacheva Ostayus optimistom v Moskovskom Dome Knigi - Sputnik O‘zbekiston
Gorbachev Lukashenkoning xatosini aytdi

"Pressbol" saytida joylashtirilgan maktub matniga ko‘ra, sportchilarning asosiy talabi - "ko‘plab soxtalashtirish faktlari va saylov komissiyalariga o‘tkazilgan bosimlar tufayli, Belarus Respublikasida 2020-yil 9-avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarini haqiqiy emas deb tan olish".

Imzo chekkanlar prezident saylovlarini qayta o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Bundan tashqari, xat mualliflari namoyishlar paytida hibsga olingan fuqarolarni ozod qilinishini, barcha siyosiy mahbuslarning reabilitatsiya qilinishini, shuningdek tinch namoyishlar paytida hibsga olingan fuqarolarni kaltaklash va tahqirlashda aybdorlarni jazolashni talab qilishdi.

Xatga 110 kishi imzo chekkan, ular orasida Olimpiada kumush medali sovrindori Andrey Kravchenko, 2012-yilgi O‘yinlar kumush medal sovrindori, "rassom" Natalya Leshik, sambo bo‘yicha jahon chempioni Dmitriy Bazilev, yengil atletika bo‘yicha Yevropa chempioni Elvira German va boshqalar.

G‘arbdan ehtimoliy kutilayotgan tajovuzlar va ba’zi qo‘shni davlatlarning harbiy qismlari Belarus chegaralari atrofida to‘planishi xabarlariga javoban, Lukashenko g‘arbiy chegaralardagi Belarus qo‘shinlari to‘liq shaylik holatiga keltirilganligini va bo‘linmalar o‘z majburiyatlarini bajarishga tayyorligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0