TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Smartfon xotirasida ko‘p joyni egallaydigan, keraksiz yoki og‘ir dasturlarni o‘chirib tashlansa bu gadjetni tezroq ishlashiga yordam beradi. Bu haqda “Sifrovoy grajdanin” MMTA platformasi eksperti Vladimir Gritsenko o‘z maslahatlarini berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Asosan eski smartfonlar sekin ishlaydi, bu iOS va Android qurilmalariga ham tegishli. Android Go operatsion tizimida ishlaydigan zamonaviy qurilmalari ham sekin ishlashi mumkin.
Eski va ommabop smartfonlarni ikki usul bilan tezlashtirish mumkin: tizim sozlamalarini o‘zgartirish va keraksiz ilovalarni o‘chirib tashlash yoki ularning resurslari kam bo‘lgan analoglarga o‘tish.
“Birinchi navbatda og‘ir - Facebook va YouTube singari ilovalarga e’tiborni qaratish kerak. Android’da ilovalarning yengil versiyalari - masalan Facebook lite, Google Maps Go mavjud. Veb-brauzerda sayt yoki xizmatning yengil mobil versiyasidan foydalanish, agar u sekinlashtirsa ma’lum dasturdan butunlay voz kechish mumkin”, - deb maslahat berdi ekspert.