Xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari biroz kamaydi - MB

© AP Photo/Hussein MallaMujchina osushestvlyayet denejniy perevod
Mujchina osushestvlyayet denejniy perevod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil boshida e’lon qilingan, pandemiya tufayli O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 50%gacha kamayadi degan bashoratlar o‘zini oqlamadi, pul o‘tkazmalari atigi 7%ga kamaydi.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2020-yilning birinchi 6 oyida O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi  3 milliard dollarni tashkil qilgan. 

Ushbu miqdor o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln. dollarga yoki 7%ga kamaygan. Vaholanki, bir necha oy oldin, jahonda koronavirus pandemiyasi boshlangan vaqtda ekspertlar 2020-yilda xorijdan pul o‘tkazmalari 50%gacha kamayishi mumkinligini bashorat qilishgan edi. 

Xorijga yuborilgan pullar esa 47 mln dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 8%ga kam. 

2020 yilning 1-avgust holatiga O‘zbekiston transchegaraviy pul o‘tkazmalari ijobiy saldo miqdori 2,5 mlrd. dollarga yetdi. 

© MBXorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari
Xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari biroz kamaydi - MB - Sputnik O‘zbekiston
Xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari
Yangiliklar lentasi
0