O‘zbekistonda koronavirus: 16-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo sentra
Vrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 408 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 109 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov  - Sputnik O‘zbekiston
To‘ra Bobolov koronavirusdan tuzalib, Termezga qaytdi

Bir sutka davomida 408 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 109 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining, 149 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Buxoro viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 621 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 30 664 nafarga yetdi.

Ayni paytda 4215 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) hamda Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak), Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. (erkak) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 230 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Charter reyslar

Oltita davlatdan (Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSh) O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reyslar jadvali tasdiqlandi.

Rabota skanera otpechatkov palsev  - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus kameralar va barmoq izi: kirish imtihonlari qay tarzda nazorat qilinadi

17 avgustdan 30-avgust kunlari davomida 23 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi. 

Kirish imtihonlari

Test imtihonlarga bir abituriyent o‘rniga boshqa odam kirishining oldini olish maqsadida barcha obyektlarga kirish joylarida nazorat o‘tkazish punktlar tashkil etiladi. Ushbu joylarda yuzni tanib oluvchi kameralar o‘rnatilib bu kameralar orqali imtihonga abituriyent yoki boshqa shaxs kelganligiga aniqlanadi.

Bundan tashqari nazorat o‘tkazish punktlarida barmoq izi orqali shaxsni aniqlash qurilmalaridan foydalangan holda abituriyentlarni shaxsini aniqlash choralari ko‘riladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 21,5 milliondan oshdi, 771 ming kishi vafot etdi, 13,4 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,4 mln), Braziliyada (3,3 mln), Hindistonda (2,6 mln).

 

Yangiliklar lentasi
0