Besh hududda yana 243 kishi koronavirusga chalindi

© Sputnik / Vladislav VodnevProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda 4673 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1021 nafari og‘ir, 285 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. 2020-yil 16-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 944 (+243) nafarni tashkil etmoqda.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangi kasallanish holatlarining 189 nafari Toshkent shahrida, 41 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) hamda Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda 30 043 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (86 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 4673 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1021 nafari og‘ir, 285 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0