Tramp Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi haqida fikr bildirdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPress-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt
Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin CNN tarqatgan xabarga ko‘ra, Moskva dori vositasining ishlab chiqishini tezlashtirishga qaratilgan "Sverxzvukovaya skorost" operatsiyasi doirasida AQShga o‘z yordamini taklif qilgan

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirusga qarshi vaksina "ish berishiga" umid qilmoqda.

Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID 19 ga vaksinani ro‘yxatga oldi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 ga qarshi vaksinani ro‘yxatga oldi - video

"Bizning bu haqda ozgina xabarimiz bor. <...> Ular ayrim tadqiqotlarni olib tashlashgan. Biz bu jarayondan o‘tish juda muhim deb hisoblaymiz", - deb aytgan davlat rahbari matbuot-anjmanida.

O‘z navbatida, AQSh vaksina ishlab chiqishda "juda oldinlaganini" qo‘shimcha qilgan.

Sal oldin CNN tarqatgan xabarga ko‘ra, Moskva dori vositasining ishlab chiqishini tezlashtirishga qaratilgan "Sverxzvukovaya skorost" operatsiyasi doirasida AQShga o‘z yordamini taklif qilgan, hamkorlik "Sputnik V" vaksinasini AQShda ishlab chiqarishga imkon berishini ko‘zda tutgan edi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasiga 20tadan ziyon davlat qiziqish bildirdi

Biroq, AQSh Rossiyaning tibbiy ishlanmalariga "ochiq" emasligini ma’lum qilib, rad etgan.

Rossiya seshanba kuni "Sputnik V" deb nomlangan, barcha zarur tekshiruvlardan o‘tgan va barqaror immunitetni shakllantiradigan dunyoda birinchi COVID-19ga qarshi vaksinani ro‘yxatga olganini e’lon qilgan edi.

Dunyoning 20dan ortiq davlati ushbu vaksinani xarid qilish uchun navbatda turibdi.

Shu bilan birga, Rossiya beshta davlatida vaksina ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuvga erishgan, mavjud quvvatlar yiliga 500 million dozani ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0