Rossiyalik mutaxassislar COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Mediabankka o‘tishRabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU
Rabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ularning barchasi COVID-19 tashxisli bemorlarni davolash tajribasiga ega. Shifokorlar guruhida anestiziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt shifokorlar bor.

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Bir guruh rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelishga tayyorlanishmoqda. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi 

Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID 19 ga vaksinani ro‘yxatga oldi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 ga qarshi vaksinani ro‘yxatga oldi - video

"16 avgust kuni 40 nafar mutaxassis koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun kelishlari kutilmoqda. Bir oy davomida ular koronavirusga qarshi kurashish doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashadi, amaliy-uslubiy yordam berishadi", - dedi Abdusamatova.

Ularning barchasi COVID-19 tashxisli bemorlarni davolash tajribasiga ega. Shifokorlar guruhida anestiziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt shifokorlar bor.

Ta’kidlash kerakki, rossiyalik mutaxassislar yaqinda Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lib, koronavirusga qarshi kurashdagi o‘z vazifalarni amalga oshirib qaytishdi.

Yangiliklar lentasi
0