Toshkentda 15-avgustdan metro ishga tushadi

Obuna bo‘lish
Soat 6-00 dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq ertaga, 15-avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Nachal kursirovat dopolnitelniy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi

"Soat 6-00 dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining "O‘zbekiston", "Chilonzor" va "Yunusobod" liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi. Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan so‘ng to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi", - deyiladi xabarda.

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.

Toshkent metropolitenining "Yunusobod" liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do‘stlik – Qo‘yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0