Rossiya mehnat migrantlari uchun ishchi vizasini joriy etishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Medvedevning ta’kidlashicha, yangi qoidalarga ko‘ra, mehnat migranti ish beruvchi uning ish joyini tasdiqlagan taqdirda Rossiyaga kirishi mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Yaqinda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning bir qator subyektlarida migrantlar orasida jinoyatchilik o‘sayotgani va bu holatlarning oldini olish maqsadida hududiy rahbarlar qo‘shimcha choralar ko‘rishi lozimligini ma’lum qilgan edi.

Inostrannie grajdane proxodat elektronnoe testirovanie na znanie russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarni til va kasbga o‘rgatish qanday tashkil etiladi

Shu munosabat bilan Superjob tadqiqotlar markazi mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi va unda ishtirok etganlarning qariyb 60 foizi mehnat migrantlari uchun ishchi vizalarini berish tartibini murakkablashtirish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Medvedevning ta’kidlashicha, yangi qoidalarga ko‘ra, mehnat migranti ish beruvchi uning ish joyini tasdiqlagan taqdirda Rossiyaga kirishi mumkin bo‘ladi. Koronavirus pandemiyasi davrida mehnat migrantlarining 40 foizi ishsiz qolgan va bu Rossiyada jinoyatchilikning o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0