Pompeo “Tolibon bilan aloqa uchun” Rossiyaga dag‘dag‘a qildi. RF isbot talab qilmoqda

Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo agar Rossiya toliblarga Afg‘onistondagi amerikalik harbiylarning qotilligi uchun pul to‘lagan bo‘lsa, RF uchun bu "o‘ta qimmatga" tushishini aytib, tahdid qildi.

Voqea iyun oyida The New York Times’da chop etilgan maqoladan boshlandi. Amerika gazetasi mualliflari ta’kidlashicha, Moskva Amerika harbiylarini o‘ldirish uchun Afg‘onistondagi terrorchilarga pul to‘lamoqda. Maqolada hech qanday aniq dalillar keltirilmagan. Faqat asossiz bayonotlar. Ular ham maxsus xizmatlarning noma’lum manbalaridan olingan ma’lumotlarga asoslanadi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi The New York Times maqolasini soxta deb atadi va AQShdan dalil talab qildi. Amerikaliklar balandparvoz gaplar ortida nimani yashirishga harakat qilmoqda va Rossiyani terrorchilar bilan aloqa qilishda ayblov Trampga yordam beradimi? – bular haqda videomizda bilib olishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0