TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Bugun O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi va triatlon federatsiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
“So‘nggi paytlarda har ikki tashkilotga muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan Otabek Umarovning asosiy vazifasida ish hajmining ortganligi, qolaversa, mamlakatimizdagi epidemiogolik vaziyatdan kelib chiqqan holda Otabek Muhammadaliyevichning rahbar sifatidagi o‘z vakolatlarini muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirildi”, - deyilgan xabarda.
Yig‘ilish davomida triatlon federatsiyasi raisligiga O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi Kotibi Viktor Mahmudov, MMA assotsiatsiyasi raisligiga esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Kurbanovlar bir ovozdan saylanishdi.