Afg‘onistonda 400 tolibni ozod qilish jarayoni boshlandi

© AFP 2023 / Wakil KohsarZaklyuchennie talibi vo vremya ix osvobojdeniya iz turmi Bagram, Afganistan
Zaklyuchennie talibi vo vremya ix osvobojdeniya iz turmi Bagram, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni Tolo News telekanali prezident saroyidagi manbaga tayanib Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 400 nafar toliblarni ozod qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkanini ma’lum qildi.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Afg‘oniston hukumati qolgan 400 tolibni ozod qilish jarayonini boshladi, kuni kecha ularning 80 nafari ozod etildi, deb habar beradi RIA Novosti Milliy xavfsizlik kengashi idorasi ma’lumotiga tayanib.

Boyeviki dvijeniya Taliban vo vremya osvobojdeniya - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani 400 nafar tolibni ozod qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi

Dushanba kuni Tolo News telekanali prezident saroyidagi manbaga tayanib Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 400 nafar toliblarni ozod qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkanini ma’lum qildi.

"Kecha Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati Loyya Jirga tomonidan tasdiqlangan 400 tolib-mahkumining 80 nafarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar va mamlakatda o‘t ochishni to‘htatishni barqaror ushlab turishni tezlashtirish uchun ozod qildi", - deyiladi idoraning Tvitteridagi bayonotda.

Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston: tolibonlashuvdan so‘ng amerika okkupatsiyasi jannatday ko‘rinadi

Avvalroq, Tolo News 9-avgust, yakshanba kuni Afg‘oniston halq vakillari Umummilliy Yig‘ilishi (Loyya Jirga) a’zolari “Tolibon” radikal harakatining qolgan 400 a’zosini ozod qilishga qaror qilgani haqida xabar bergan. Keyinroq Afg‘onistonning RTA teleradiokompaniyasi o‘z manbalariga tayanib, muzokaralar 16-avgustda boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Fevral oyi oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va Afg‘oniston “Tolibon” radikal xarakati 18-yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik bitimini imzoladilar, bu hujjat chet el qo‘shinlarining Afg‘onistondan 14 oy ichida olib chiqilishini va asirlar almashinuvi bitimi tuzilgandan keyin afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi. Iyul oyi o‘rtalariga kelib, AQSh harbiylari ushbu kelishuv doirasida Afg‘onistondagi beshta bazani tark etdilar.

Yangiliklar lentasi
0