O‘zbekistonning yana bir yirik olimi olamdan o‘tdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi
Otkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olim O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan, Nyu-York Fanlar akademiyasi a’zosi etib ham saylangan.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Akademik Telman Rajabov olamdan o‘tdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Materialshunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroelektron texnikasi sohasida tanilgan yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Rajabov Telman Dadayevich 85 yoshida vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

Telman Rajabov 1935-yil Samarqandda tug‘ilgan, Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1959). O‘zbekiston FA Yadro fizikasi institutida muhandis, kichik ilmiy xodim (1959-1965-yillar), Fizika-texnika instituti (1969-yildan Elektronika instituti)da bosh muhandis, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1966-1986-yillar) bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, u Ilmiy asbobsozlik markaziy loyihalash-konstruktorlik burosi direktori (1986-1992 yillar), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) rektori (1992-1998 yillar), shu universitet qoshidagi Markaziy Osiyo telekommunikatsiyalar o‘quv markazi direktori (1998-2001 yillar), TATUda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Olim O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan, Nyu-York Fanlar akademiyasi a’zosi etib ham saylangan.

Akademik 2003-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Sputnik tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yirik olim, akademik Sattor Tursunmuhamedov vafot etgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0