Xasiyev O‘zbekistonda chiqindi muammosini hal qilish shartini aytdi

© Sputnik / Diana ValiyevaPredsedatel Mejregionalnogo ekologicheskogo dvijeniya Oka Alan Xasiyev
Predsedatel Mejregionalnogo ekologicheskogo dvijeniya Oka Alan Xasiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atrof-muhitni muhofaza qilishning yangi tizimini yaratish uchun real qadamlar kerak, dedi "Oka" mintaqalararo ekologik harakati raisi Alan Xasiyev.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda ekologik muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilishda, respublikada chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimidagi ko‘plab muammolarga to‘xtalib, ularni hal qilish yo‘llarini belgilab berdi. Davlat rahbari yil oxiriga qadar aholini sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olinishini 66 foizdan 90 foizga yetkazish, shu jumladan xususiy biznesni jalb qilish orqali, shuningdek, sanitariya talablariga javob bermaydigan 51 ta poligonda muammolarni hal etish, qurilish chiqindilari uchun 26 ta poligon va ularni qayta ishlovchi klasterlar tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Bundan tashqari, har bir hudud havo ifloslanishini tezkor tahlil qilish uchun ko‘chma laboratoriyalar bilan ta’minlanadi, atrof-muhit uchun katta va o‘rta xavfi bor 240 ta yirik sanoat korxonalari uchun zamonaviy tozalash inshootlarini o‘rnatish va modernizatsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi.

"Oka" mintaqalararo ekologik harakatining raisi Alan Xasiyev ta’kidlashicha, O‘zbekiston rahbariyati ekologik muammolar va chiqindilarni boshqarish masalalariga qaratayotgan e’tiborini faqatgina olqishlash kerak. 

"O‘zbekiston uchun, boshqa sobiq sovet respublikalari singari, bu mavzu juda dolzarbdir. Deyarli 30-yil mobaynida muammolar to‘plandi, ularning aksariyati haligacha hal qilinmadi. "Holva so‘zini qanchalik ko‘p gapirmang, og‘zingiz shirinroq bo‘lib qolmaydi". Atrof-muhitni muhofaza qilishning yangi tizimini yaratish uchun real qadamlar kerak, - dedi Xasiyev. – Sanitar tozalovni 100 foizgacha yetkazish - hal qilsa bo‘ladigan masaladir. Bunga iroda, fuqarolik jamiyatining birlashishi, barcha darajadagi hokimiyatlar va biznesni birlashishi kerak. Bu bir martalik ish emas - u tizimli yondashuvni talab qiladi va u yillar davomida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak."

Mutaxassisning to‘liq sharhini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Xasiyev nazval usloviya resheniya musornoy problemi v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0