TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Toshkent shahridagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 20 yoshli qiz qurbon bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, 11-avgust kuni Qushbegi massivida 19 yoshli D.M. “Cobalt” rusumli avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan.
YTH natijasida haydovchi va uning uch nafar yo‘lovchilari – 20 yoshli N.B., D.Sh. va A.K.lar tan jarohati olgan va shifoxonaga olib borilgan. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan A.K. shifoxonada vafot etdi.
Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoiy ish ochilgan.