O‘zbekistonda koronavirus: 13-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v GKB №15 imeni O. M. Filatova
Gospital COVID-19 v GKB №15 imeni O. M. Filatova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 439 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 093 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasiga 20tadan ziyon davlat qiziqish bildirdi

Bir sutka davomida 439 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 093 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 179 nafari Toshkent shahrida, 60 nafari Toshkent viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 8 nafari  Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 611 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 26 270 nafarga yetdi.

Ayni paytda 6 608 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol), Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli X.A. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli N.I. (ayol) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 215 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Koronavirus turlari

O‘zbekistonda koronavirusning 12 dan ortiq turi qayd etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligini 6-bayonnomasida koronavirusning 12 dan ortiq turi haqida yozilgan.

Shunga ko‘ra, ushbu alomatlar — koronavirusning oshqozon-ichak shakli bo‘lishi mumkin. Hududingizdagi oilaviy shifokorga murojaat qiling, tekshirib, keyin nima qilish kerakligini tushuntiradi.

Test sinovlari

Test sinovlari uchun 3 soat vaqt ajratiladi. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisi bayoniga muvofiq: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan markaziy stadionlarda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi.

Stuardessa v salone dalnemagistralnogo shirokofuzelyajnogo passajirskogo samoleta Airbus A350-900 aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya MDH davlatlariga parvozlarni qachon qayta tiklaydi – ehtimoliy sanalar

Bunda, har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) — 90 daqiqa vaqt ajratiladi (60 ta test topshirig‘iga jami — 180 daqiqa).

Uzoqda yashaydigan abituriyentlarni stadionlarga eltib qo‘yish uchun avtobuslar ajratilishi mumkin.

Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan obyektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish bo‘yicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,6 milliondan oshdi, 749 ming kishi vafot etdi, 12,8 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,2 mln), Braziliyada (3,2 mln), Hindistonda (2,4 mln).

Yangiliklar lentasi
0