Andijonda ishsiz yoshlarning 74,7%i ish joyiga ega bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSoiskatel raboti
Soiskatel raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 13 740 nafar yoshlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan.

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Andijon viloyatida yil boshidan buyon 32 268 nafar yoshlar (74,7%) o‘z ish joyiga ega bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.

Traktor na avtomobilnoy trasse  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi ma’lum qilindi

Jumladan, 2 725 nafari tikuvchilik va yengil sanoat, 1 173 nafari qurilish, 11 532 nafari qishloq xo‘jaligi sohalarida ish bilan ta’minlandi. Yoshlarning 4 205 nafari davlat korxonalarida, 5 858 nafari xususiy sektorda, 4 744 nafari boshqa yo‘nalishlarda o‘z ishini topdi.

Bundan tashqari, yoshlarning 2 254 nafariga 101 mlrd. 153 mln. so‘m kredit ajratilib, 3 980 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishildi.

Zasedanie Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya, ta’lim va ishsizlik masalalari: Oliy Majlis Senati navbatdagi majlisni chaqiradi

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi 4 877 nafar ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilishi uchun 91 ta massivdan 658,5 gektar yer ajratib berildi. Bu yer maydonlarining 344,8 gektari bog‘ qatorlari orasidan, 313,7 gektari esa adirlik hududlaridan berilgan.

2020 o‘quv yilida Andijon viloyatida umumta’lim maktablarini tamomlayotgan 40 298 nafar 11-sinf bitiruvchilari bandligini ta’minlash ham galdagi vazifa bo‘lib turibdi. Bugungi kunda 23 654 nafar yoshlarga ustoz-shogird tamoyili asosida hunar o‘rganilmoqda. Viloyat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 13740 nafar yoshlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan edi. Hozircha ulardan 4604 nafariga 40,9 mlrd. so‘m kredit ajratishga qaror qilingan.

Yangiliklar lentasi
0