TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida uch kun oldin bedarak yo‘qolgan 1,5 yashar bolaning murdasi kanaldan topildi. Bu haqda Yangiyo‘l tuman prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Yangiyo‘l tumani IIB navbatchilik qismiga 9-avgust kuni yil tumandagi Qo‘shtepa MFY, O‘zbekiston ko‘chasi yashovchi fuqaro 16.10.2018 yilda tug‘ilgan nabirasi U.R. uydan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi haqida murojaat qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida voyaga yetmagan O.X. Yangiyo‘l shahar, Fayzobod MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Jo‘n ariq” kanalida yoshi taxminan 1,5-2 yosh bo‘lgan bola tanasi suvda ko‘ringanligi, suvda suzishni bilmaganligi sababli, bola murdasini suvdan olib chiqa olmaganligini aytgan.
Shu bilan birga, tuman prokuraturasi, tuman IIB va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Jo‘n ariq” kanali suvi
3 soatga to‘xtatib qo‘yilib, suvda bola murdasini qidirish ishlari tashkillashtirilgan.
12 avgust kuni “Jo‘n ariq” kanalidan U.R.ning murdasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.