Rossiya vaksinasi 2-yilgacha immunitetni shakllantirishi mumkin - Vikulov

© Foto : Institut preventivnoy i sotsialnoy meditsiniVrach-virusolog, direktor nauchnogo informatsionnogo sentra po profilaktike i lecheniyu virusnix infeksiy Georgiy Vikulov
Vrach-virusolog, direktor nauchnogo informatsionnogo sentra po profilaktike i lecheniyu virusnix infeksiy Georgiy Vikulov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vektor texnologiyasi yordamida yaratilgan vaksinalar ikki yilgacha o‘z ta’sirini saqlab qolishi mumkin, ammo har bir alohida holatda bu muddat boshqacha bo‘lishi mumkin, deydi yuqumli kasalliklar shifokori Georgiy Vikulov.

Kuni kecha RF Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan mamlakatda va dunyoda birinchi vaksinani ro‘yxatga oldi.

Gamaleya nomidagi milliy tadqiqot markazi olimlari tomonidan odam adenovirusi asosida vektorli ikki komponentli preparat ishlab chiqarildi. Vaksina hayvonlarning bir nechta turlari (kemiruvchi va maymunlar), so‘ngra 76 ko‘ngillida sinaldi.

Preparat o‘zining xavfsizligi va samaradorligini ko‘rsatdi - barcha sinalganlarda COVID-19’ga qarshi immunitetni shakllantirdi.

Vaksinaning klinik sinovlari ro‘yxatdan o‘tganidan keyin ham davom etadi, dedi Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash ilmiy markazi direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Georgiy Vikulov.

“Vaksinatsiya bir necha kundan keyin emas, balki bir necha oy haqida gap ketmoqda. Ro‘yxatga olishdan oldingi talablar, avvalgidek, qanday bo‘lsa shundayligicha saqlanib qolmoqda, ro‘yxatga olish old tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Ammo odamlarning ma’lum bir qismida. Shundan so‘ng, keng miqyosli tadqiqotlar, shu jumladan jamoaviy immunitetni baholash amalga oshiriladi. Biz uchun nafaqat samaradorlik, balki xavfsizlik ham muhimdir. Nafaqat erta, balki uzoq davrda ham ahamiyatga ega”, - dedi shifokor Sputnik radio efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiyada 17 ta preparat ishlab chiqilmoqda, ulardan ikkitasi “final”ga chiqdi. Yaratilgan vaksina bir necha yilga immunitetni shakllashtirishi mumkin.

“Vektor texnologiya asosida yaratilgan vaksinalar ikki yilgacha immunitetni saqlab turishi mumkin. Ammo bu nazariyada. COVID-19 bilan qanday bo‘lishini hayot ko‘rsatadi. Chunki bu kasallikni kuzatish jarayoni 8 oydan ortiq emas. Bundan tashqari, odamlarning bir foizigina vaksinaga javob bermaydi, inson biologiyasi shunday”, - dedi Vikulov.

Ekspertning batafsil izohini radipodkastda tinglashingiz mumkin.

Vikulov: rossiyskaya vaksina ot COVID-19 mojet formirovat immunitet do dvux let

 

Yangiliklar lentasi
0