BSST Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga izoh berdi

© RFPI i sentra imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BSST jarayoni bo‘yicha, buning uchun tashkilot ekspertlari yangi mahsulot sifatini qayta tekshirib, uning xalqaro darajada vaksinalar ishlab chiqarish standartlariga qanchalik muvofiq kelishini aniqlashlari lozim

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) yangi turdagi koronavirus COVID-19ga qarshi ro‘yxatga olingan dunyodagi birinchi vaksinaning ta’siri va xavfsizligini baholash masalasida Rossiya hukumati bilan aloqada bo‘lib turibdi. Bu haqda BSST rasmiy vakili Tarik Yazarevich ma’lum qilgan.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
G‘arbning Rossiya vaksinasiga oid tanqidlariga javob qaytarildi

"Biz Rossiya hukumati bilan muloqotdamiz. Hozirda BSST tomonidan vaksina sifatini qayta baholash ustida muzokaralar olib borilmoqda", - deb aytgan Yazarevich.

BSST vakilining aytishicha, vaksinaning tezlashtirilgan ishlab chiqarilishi dorining xavfsizligi evaziga amalga oshishi kerak emas. BSST jarayoni bo‘yicha, buning uchun tashkilot ekspertlari yangi mahsulot sifatini qayta tekshirib, uning xalqaro darajada vaksinalar ishlab chiqarish standartlariga qanchalik muvofiq kelishini aniqlashlari lozim.

Sal avval COVID-19ga qarshi emlanish kunida nimalar qilish mumkin emasligi bo‘yicha shifokor tavsiyasi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0