Toshkent ko‘chalarida qip-yalang‘och yurgan yigit shaxsiga aniqlik kiritildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
22 yoshli jizzaxlik yigit mast holda kiyimsiz Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida sayr qilib yurgan. U tanish qizi bilan janjallashgandan so‘ng bu ishni qilgan.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB internet tarmog‘ida tarqalgan va unda bir yigit ko‘chada yalang‘och yurgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 10-avgust kuni Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida 22 yoshli jizzaxlik I.X. kiyimsiz yurgan. Shu atrofda xizmat olib borgan IIV xodimi yigitni ko‘rib qolib, hududiy bo‘linmalarga xabar bergan.

Situatsiya na meste terakta v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Londonlik erkak qip-yalang‘och ko‘cha kezdi. Lekin maskani unutmadi

Voqea joyiga PPX va profilaktika inspektori yetib kelib, uni Chilonzor tumani IIO FMB 3-son IIBga olib borishgan.

Aniqlanishicha, I.X. mast holda tanishi bo‘lgan qiz bilan janjallashib qolgan. So‘ng o‘z kiyimlarini yechib, ko‘chada sayr qilishni boshlagan.

Qoidabuzarga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ish sudga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0