TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Tojikiston transport vaziri Xudoyor Xudoyorzoda o‘z kvartirasida joniga qasd qilishga uringan, deb xabar beradi respublika bosh prokuraturasi.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa 11-avgust kuni ertalab soat 5larda ro‘y berdi. Bunga sabab oilaviy janjal bo‘ldi. Vazirga birinchi yordamni uyda bo‘lgan qarindoshlari ko‘rsatdi. Xudoyorzoda bilan birga rafiqasi A. Kalandarova, o‘g‘li, qizi va kelini yashab keladi.
Poytaxtning "Istiqlol" kasalxonasida amaldorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, uning hayotiga xech narsa xavf solmayapti.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.